Ichimni qiynab keldi har xil savollar
Yillar o'tib aylandi dardga ham bular
Yechim topa olmadim yolg'iz men qolib
Aytmasam bo'lmas endi sabrim sindirib.
Ochdim ham nelarga ko'nglimdagini
Unutdig'o'y ular lek yaxshilig'imni
Ustozimsiz" deganlar, qani hurmatim?
Nechun sevish endi mening gunohim?`
Odamlarg'a "El cho'kyapti!" deb chinni so'ylasam,
Millatim uyg'onishin toza istasam,
Biri "Shukur qil!", nari "Radikal!" deyag'ay
Dardlarimni endi men kimga ham aytay?
Ey Elbekxon, Ulug' Ulus avlodi,
Barin Tangriga ayt, to'g'ri bo'ladi!
Do'stlar-u og'ayinlar ham seni eshitar
Chin Elbekni ulardan kim yaxshi bilar?
Elbek Rahimjon, 2025-yil, 15-oktyabr.