Yaxshi kunlar kelayotir
Ro'zaday go'zal oyda
Lek kamina bilmayotir
Netay ekan bu kunda

Maqsad aniq, urinyapmiz
Nafsimiz bilan kurashib
Qiyin jangda chiniqyapmiz
Qalbimizni nurlatib

Bu safardan yurayotib
Yiqilarmiz ba'zida
Lek Ar-Rahmondan umidimiz
So'ndirmaymiz har onda!

23-fevral, 2026-yil.